Pir-Muridchilik

Men "Tasavvuf haqida tasavvur" nomli kitobingizni o‘qiganman. Lekin Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlrining ko‘p qishloqlarida eski zamonlardan buyon ba’zi odatlar bor. Masalan har bir qishloqning o‘z eshoni bo‘lib, o‘sha eshon eskidan shu qishloqqa pir hisoblanadi, qishloq ahli esa murid hisoblanadi. Ba’zi pirlarning umuman diniy savodlari yo‘q. Bu pir-muridchilik otadan bolaga o‘tib kelaveradi. Pirlari bo‘lmagan qishloq ahillari "Bepirlar" deb tahqirlanadi. Shunday qishloqdagilardan bu holat qanday yuzaga kelib qolgani haqida so‘rasam hammalari har xil rivoyatlar aytib beradilar. Albatta bu holatning ham tarixiy sababi bo‘lsa kerak. Shu haqida ma’lumot bersangiz. Pir-muridchilikning bunday shakli qanday paydo bo‘lgan va joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu dindan uzoqlashish, dangasalik, pirchilikni meros qilib olish oqibatida kelib chiqqan o‘ta noto‘g‘ri narsadir. Unga ahamiyat bermaslik kerak.

26 Май 2022, 19:52 | Савол-жавоблар | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar