Turli rasmlar haqida

Assalomu alaykum xurmatli shayx xazratlari! Bir birodarimiz, kichik yoshdagi bolalar kiyimlari uchun maxsus matolarini Rossiya va boshka qo‘shni davlatlarga eksport qilish bilan shug‘ullanadi. Buyurmachilar matolarga ko‘pincha o‘zbek, rus va boshqa xalk ertaklari, multifilm qahramonlarining rasmlarini turli ranglarda bosib berishni so‘rashadi. Savol: Bu rasmlarni ichida turli odamchalarni, hayvonchalarni turli ko‘rinishdagi (ertak va multfilmlardagidek) rasmlari bo‘ladi. Shu rasmlarni matoga turli rangli buyoqlar bilan bosib bersak bo‘ladimi? Javob uchun oldin rahmat. Sizdek vatandoshimiz borligidan farxlanamiz. Doimo tinch, sog‘-salomat, xotirjam bo‘ling.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Jonsiz narsalar rasmi bo‘lsa, yaxshi bo‘ladi.

26 Май 2022, 19:52 | Савол-жавоблар | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar