Qazo ro‘za haqida

Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan ishlaringizdan rozi bo‘lsin. Men o‘tgan Ramazon oyida homilador edim. Homiladorligim juda og‘ir kechgani uchun ro‘za tuta olmadim. Qazo ro‘zalarni tutish farz bo‘lgani uchun qachon bomdod namoziga azon aytishidan oldin uyg‘onib qolsam, o‘sha kuni ro‘za tutib olardim. Lekin bir ayol menga “qazo ro‘zani paydar-pay tutish kerak, xuddi ramazon oyida tutgandek. Tutayotgan qazo ro‘zangizni bir kunini qazo qilsangiz, yana oltmish kun qarz bo‘lasiz” dedi. Men esa “qazo ro‘zani sekin-sekin uzib bersa ham bo‘ladi” deb o‘ylabman. Endi qo‘rqib ketayapman. Bu ahvolda meni qazo ro‘zalarimni son-sanog‘iga ham etib bo‘lmaydi shekilli. Yoki qazo ro‘zani tutishga shariatimizda engillik bormi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri qilgansiz. Sizga aytgan ayol qazo ro‘zasini emas, balki “qasddan ro‘zani ochib yuborgan odamning kafforati” masalasini aytibdi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:33 | Савол-жавоблар | 153 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar