Qay biriga uylansam to‘g‘ri bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Uyimdagilar meni uylantirishmoqchi. Meni yoqtirgan qizim bor, lekin onam aytgan qiz ham menga yoqadi. Ammo yoqtirgan qizimga “faqat senga uylanaman” deb va’da berganman. Men endi qanday yo‘l tutsam shariatimizga muofiq bo‘ladi? Va’daga vafo qilaymi yoki ota-onamning aytganlarini qilaymi? Javob uchun rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday holga tushgan odamga shariatimiz “Istixora” namozini o‘qishni buyurgan. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:30 | Савол-жавоблар | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar