Sadaqa hisoblanadimi?

Men do‘stimga 280 ming so‘m qarz bergan edim, o‘sha bergan qarzimdan do‘stim bilan kelishib, do‘stim beradigan bo‘lib, yonidagi boshqa bir savdogarning do‘konidan 80 mingga onam uchun ko‘ylak olgandim. Do‘stimni o‘shandan keyin 200 ming qarzi qolgan edi, bir necha bor so‘radim bermadi, keyin men Alloh rizoligi uchun qarzdan kechdim, roziman deb, o‘zimga o‘zim niyat qildim. Savolim shuki, 1. Shu niyatim tufayli o‘sha pul sadaqa hisoblanadim? 2. Onam uchun olgan ko‘ylagim ribo emasmi? 3. Men bu niyatim bilan o‘zimni ham do‘stimni ham gunohkor bo‘lishiga sababchi bo‘lmadimmi? Ustoz, birdaniga 3 ta savol bo‘lgani uchun uzr, bir mavzuga oidligi uchun so‘radim, qimmatli vaqtingizni ayamasdan savollarimizga berayotgan jaboblariz uchun rahmat. Alloh bu ishlaringizni ikkala dunyoda ham xayrli qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Sadaqa hisoblanadi. 2. Ribo emas. 3. Bu erda gunoh yo‘q.

26 Май 2022, 19:55 | Савол-жавоблар | 129 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar