Qolib ketgan narsalar haqida

Men avtoustaxonada ishlayman. Mijozlar tashlab ketgan eski ehtiyot qismlarni ba’zilari yaroqli, ba’zilari yaroqsiz. Shularni tashlab yubormasdan, yaroqlisidan foydalanib, yaroqsizini «metallom»ga sotsam shu menga halol bo‘ladimi? Alloh umringizni va ilmingizni ziyoda qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Egalari rozi bo‘lib tashlab ketishgan bo‘lsa, sizga aytgan ishni qilishingiz halol bo‘ladi.

26 Май 2022, 20:05 | Савол-жавоблар | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar