Sut mahsulotlarini sotish mumkinmi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ushbu savol berishim boisi, qo‘shnimizning magazinlari bor. Bu erda oldinlari cho‘chqa go‘shti, aroq va shunga o‘xshagan shariat harom qilgan narsalarni sotar edilar. Bu narsalarni sotish gunohligini aytgan edik, gunohidan qo‘rqib sotmay qo‘ydi. Bir eshon bobo "magazindagi chakki (suzma)ni sotish ham mumkin emas. Bu sutdan tayyorlangan narsa, oqlikni sotmang" debdi. Magazin egasi mendan so‘ragan edi, javobini bilolmadim. "Internetdan qidirib ko‘ray" dedim va topa olmadim. Ustoz shu savolni javobini sizdan kutib qolamiz. Alloh sizu bizni O‘z panohida asrasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sut va uning mahsulotlarini bemalol sotaversinlar. Suzma sotish mumkin emas, degan gap shariatga to‘g‘ri kelmaydi. Harom narsalarni sotmay katta ish qilibdilar. Alloh taolo halol savdolariga baraka bersin!
26 Май 2022, 20:07 | Савол-жавоблар | 165 | Turli savollar