Yaqinlarimiz uyiga bormasak ham bo‘ladimi?

Assalomu alaykum ustoz.Savol: Opamning uylariga borsam uylaridagi taomlar orasida kolbasa va boshqa narsalar bor. Farzandim bn borganimda man yonlarida bo‘lmagan holatda shu kolbasalardan unga edirib qo‘yishgandi. Uyimizda ham ota-onam bilan shuni deb ko‘p kelishmovchiliklar yuz bergandi. Ularga tushuntirib o‘zim yomonga chiqdim va aytmaydigan bo‘ldim. Mehmonga borganimda ba‘zi paytlarda pochcham hamr ichadilar. Shu sababdan farzandimni ularning uylariga olib bormasam, o‘zim ham bormasam bo‘ladimi? Chunki ularga tushuntirib(balkim boshqacha qib tushuntirish kerakdir) o‘zim dakki eshitaman. Faqat taomda emas jiyanlarimning kiyinishlarini gapirganimda ham dakki eshitganman. Ular bilan faqat telefon orqali gaplashib tursam etadimi. InshAlloh vaqti kelib o‘zim uy-joyli bo‘lganimda esa ularni o‘zimning uyimga taklif qilib turaman(man bormaganim sababidan kelmay qolishmasa agar).
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shariat qoidalariga rioya qilaroq ulardan silai rahmni uzmamslikka harakat qiling.

27 Май 2022, 02:53 | Савол-жавоблар | 142 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar