Baliq boqishlik haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Savollarimga javob berayotganiz uchun Alloh sizdan rozi bo‘lsin, iltimos shu savolimga ham javob bersangiz. Ko‘p qavatli binoda turamiz, xonamizda 30 litrli akvariumda baliq boqamiz. Tijorat uchun emas, shunchaki qiziqish sababli. Bir ma’ruzada eshitgandim, uydan badbuy hid taralib tursa farishtalar ozor chekib shu uyni tark etadi deyilgandi. Akvariumda suv tozalovchi moslama ham bor, baribir suvi juda tez iflos bo‘ladi, o‘zidan biram badbo‘y hid chiqaradi. Suvini tez-tez almashtirib turaman. Yoz kunlari oynani ochib havoni tozalab turaman, lekin sovuq kunlarda oynani ochmaymiz. Islomda baliq boqishlik bormi, Alloh bu uchun ajr beradimi yoki boqmaganimiz yaxshimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ixtiyor sizlarda.

26 Май 2022, 20:10 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar