Ko‘chadagi mevali daraxt

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Mening savolim shundan iborat, ko‘chada (uy hududida bo‘lmagan erda, lekin o‘sha uyning yonida bo‘lgani uchun u erni obod qilingan joyda) o‘sadigan mevali daraxtning mevasini eyish yo‘lovchi uchun halolmi? Ba’zi uy egalari bunday holatni noma’qulchilik bilib, yo‘lovchilarga mevali daraxtning mevasidan eyishni taqiqlaydilar, buning hukmi qanday bo‘ladi? Shu kabi uy egalarining bu kabi odati, ya’ni ko‘chadagi mevali daraxtning mevasini yo‘lovchilarga ta’qiqlashi to‘g‘ri holatmi va odob ahloq yuzasidan to‘g‘ri bo‘ladimi? Savolim bilan sizning vaqtingizni olganim uchun uzr! Javobingiz uchun ming bor tashakkur, Allohning sizga rahmati bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘zi ekkan bo‘lsa, o‘zi biladi. Birovning mevasini ko‘chada bo‘lsa ham boshqalar eyishi mumkin emas.

26 Май 2022, 20:10 | Савол-жавоблар | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar