Bismillah Allohu akbar deyilsada

Ustoz bu savol haqida juda ko‘p o‘ylab qolaman. Insonga Alloh taolo bilmagan narsasini o‘rgatgan va "Bilmasangiz ahli zikrdan so‘rang" degan. Savolim kuni kecha bir inson qo‘lida qizil xo‘roz ko‘tarib olgan, bozordan kelayapti. Men “nima qilasiz?” desam, “Hazrati Dovudga so‘yaman” deydi. To‘g‘ri chiltanga, bobodehqonga, Dovud alayhissalomga va boshqaga atasada, lekin «Bismillah Allohu akbar» deb so‘yishadi. Savol: Bizni chaqirishadi, biz borib o‘sha so‘yilgan jonliqning go‘shtidan eyishimiz joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolodan boshqaga atalgan narsani eb bo‘lmaydi.

26 Май 2022, 20:12 | Савол-жавоблар | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar