Endilikda Musulmonlar xam Internetdagi ma’lumotlarni

Muhtaram Ustoz bir savolni anchadan buyon sizga bermoqchi bo‘lib yuribmanu, lekin oldin ham ushbu savol bilan sizga murojaat qilinganmikin... Biror bir kishi ertangi kun uchun biror reja tuzmoqchi, aytaylik, uch kundan so‘ng to‘y qilmoqni, ertaga bozorga mol olib chiqmoqchi va hakozo. Internetga qarab ob-xavo nima deyapdi yoki bo‘lmasa 7 kundan so‘ng havo 35 daraja issiq ko‘rsatayapti... Men ham bilib-bilmay ertaga yomg‘ir yoki qor deyman yana vallohu a’lam deyman. Savolim musulmonlarning bunday demoqligi joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday gaplarni ilm asosida aytsa bo‘ladi. Alloh taolo tabiatda joriy qilib qo‘ygan qonunlarni o‘rganib, asboblar vositasida aniqlab aytish joiz.

26 Май 2022, 20:12 | Савол-жавоблар | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar