Tushida voqe’likdagi narsalarni aytib turganlarga munosabat
Assalomu alaykum, hurmatli Ustoz! Hozir ko‘p joylarda Islomdan umuman xabari yuk bo‘lgan (asosan eshitishimcha qiz bola) chiqib, tushida Qur’on oyatlarini, hadislarni ko‘rib odamlarga aytib beradiganlar chiqqan, xususan bizning Navoiy shahrida ham. Hattoki, bir kun onam o‘zlarining uylarida bir kishi bilan u haqida gaplashib o‘tirganini usha qiz bilib o‘tirgan ekan, keyin aytibdi. Menga namozni o‘rgatinglar deyapti ekan. Biz shunday kishilarga qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak ayting, iltimos, qo‘rkib qoldim. Ishonsak, "folbinlarga ishongan odam dinsiz bo‘larkan" deb eshitganman, yoki aksincha, uni ishi noto‘g‘ri deb gunohkor bo‘lib qolmaylik. Bunaka voke’a turli viloyatlarda bo‘lib turganligi uchun ko‘pchilik fikringizni bilmokchi bo‘lib yurgan bo‘lsa kerak menimcha (sal oldin vodiydaxam shunday kiz borligi haqida eshitgandim). Javobingiz uchun katta rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tushga asosan xulosa chiqarib ish ko‘rilmaydi. Tushga har narsa kiraveradi. Bir odamga baho berish uchun uning shariatga amal qilishiga qaraladi.
26 Май 2022, 20:15 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar