Payg‘ambarning mo‘jizalari va ismet sifati
(Ushbu savol turkchadan tarjima qilindi) Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari!
O‘zbek tilini bilmaganim bois, turk tilida sizga yozayapman. Inshaalloh, bunda muammo bo‘lmasa kerak va bergan savollar tushunarli bo‘ladi degan umiddaman.
Ikkita savolim bor, biri payg‘ambarning mo‘jizalari haqida, boshqasi payg‘ambarlarning gunohsiz bo‘lgan bo‘lmaganligiga oid. Qur’onda oxirgi payg‘ambarning hech bir mo‘jizasi bo‘lmaganligi yozilgan, lekin ahli sunnat mazhabidagi hadislar esa buning aksini ko‘rsatadi. Isro surasi 59-oyatda bundan avvalgi payg‘ambarlarga mo‘jiza berilganini, ammo oxirgi payg‘ambarga mo‘jiza berilmagani ochiq oydin aytilib o‘tilgan.
Vassalomu alaykum.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu savolni Qur’oni Karimga va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qarshi to‘qib chiqarilgan savol ekani anchadan buyon hammaga ma’lum. Unga etarli javoblar berilgani ham hammaga ma’lum. Siz ham bu savolni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mo‘’jizalari haqida haqiqatni bilish uchun emas, U zotning mo‘’jizalari yo‘q degan noto‘g‘ri fikrni bildirish uchun berganga o‘xshaysiz. Bu oyatda Muhammad sollallohu alayhi vasallamga hech qanday mo‘’jiza berilmagan degan gap yo‘q. Bir oyatning ma’nosini to‘g‘ri va to‘liq tushunish uchun uni atroflicha o‘rganish, nozil bo‘lishi sababini bilish va boshqa ma’lumotlardan ham to‘liq xabardor bo‘lish kerak. Bu oyatda mushriklarning talabiga binoan mo‘’jiza berilmagani haqida so‘z bormoqda. Chunki, ularning talabiga binoan mo‘’jiza berilgandan keyin ular iymonga kelmasa, halokatga uchrash kerak bo‘ladi. Islom ummati oxirgi ummat bo‘lgani uchun bu ish sodir bo‘lmasligi aniq. Sizga ushbu oyatning tafsiri bilan yaxshilan o‘rganishni taklif qilaman. “Aqli-hushi joyida bo‘lgan kishilar uchun avval bo‘lib o‘tgan ibratli hodislarning o‘zi kifoya. Ammo kofiru mushriklar bularga ishonmay, turli mo‘’jizalar ko‘rsatilishini talab qiladilar. Jumladan, ular Muhammad alayhissalomdan ham ana shunday mo‘’jizalar keltirishni talab etishgani ma’lum va mashhur. Bu haqda Qur’oni Karimning turli sura va oyatlarida qayta-qayta zikr qilingan. Kelasi oyatda ham o‘sha so‘ralgan mo‘’jizalar nima uchun keltirilmayotgani bayon etiladi: 59. Oyat(mo‘’jiza)larni yuborishimizdan faqat avvalgilarning ularni yolg‘onga chiqarganlari man qildi. Samudga tuyani ko‘z ochuvchi (mo‘’jiza) qilib berdik. Bas, unga zulm qildilar. Oyat(mo‘’jiza)larni faqat qo‘rqitish uchungina yuboramiz. «Hozir Makka mushriklari lol qoldiruvchi oyat – mo‘’jiza talab qilayotgan bo‘lsalar ham, ularning talabi bo‘yicha mazkur oyat – mo‘’jizalarni yubormayotganimizning sababi avvalgi ummatlar ham shunday mo‘’jizalarni talab qilib, ularni keltirganimizda, mo‘’jizalarni yolg‘onga chiqarib, iymon keltirmay, kofirligicha qolganlaridir». Quraysh kofirlari ham xuddi o‘zlaridan oldingi kofirlarga o‘xshab, oyat – mo‘’jizalarni ko‘rsa ham, iymonga kelmasliklari turgan gap. Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni esa talabga binoan mo‘’jiza keltirilgandan keyin ham iymonga kelmagan qavmni Alloh taolo tag-tomiri bilan yo‘q qilib yuborishi kerak. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlari oxirgi ummat bo‘lganlari uchun, Alloh ularni butunlay halok etishni iroda qilmagan. Bu ummat qiyomatgacha turishi kerak. Ha, «Oyat(mo‘’jiza)larni yuborishimizdan faqat avvalgilarning ularni yolg‘onga chiqarganlari man qildi». Shunga ko‘ra, ularning talablariga binoan, mo‘’jiza yuborilmaydi. Balki tushuntirish ishlari olib boriladi. O‘tgan ummatlardan moddiy-hissiy mo‘’jiza talabgorlarining oqibati nima bo‘lganini o‘ylab ko‘rishga da’vat qilinadi. Misol uchun aytadigan bo‘lsak: «Samudga tuyani ko‘z ochuvchi (mo‘’jiza) qilib berdik». Solih alayhissalomning qavmlari Samud ham Allohning payg‘ambariga iymon keltirmay, mo‘’jiza talab qilgan edilar. Shunda Alloh taolo ularga xarsang toshdan mo‘’jiza o‘laroq bir tuya chiqarib berdi. Bu tuya ularning g‘aflat ko‘zlarini ochuvchi mo‘’jiza edi. Lekin ular talablariga ko‘ra yuborilgan mo‘’jizaga ishonmadilar. U tuyani so‘ydilar. «Bas, unga zulm qildilar». Oqibatda Alloh taolo u qavmni halok qildi. «Oyat(mo‘’jiza)larni faqat qo‘rqitish uchungina yuboramiz». Odamlar o‘sha oyat – mo‘’jizalarning ketidan halokat kelishidan qo‘rqsinlar va shunga binoan, o‘zlarini o‘nglasinlar. Alloh taolo o‘tgan payg‘ambarlarga ularning haq ekanliklarini tasdiqlovchi mo‘’jizalar berdi. Ba’zilariga qavmlarining talablariga binoan ham mo‘’jiza ko‘rsatdi. Har bir payg‘ambar o‘ziga berilgan bosh mo‘’jiza bilan boshqalaridan ajralib turadigan bo‘ldi. Ular hammasi moddiy va hissiy mo‘’jizalar bo‘lib, zamonlariga, sharoitlariga mos edi. Shu bilan birga, u mo‘’jizalar payg‘ambar alayhissalomlarning shaxslari va hayotlari bilan ham bog‘liq edi. O‘sha payg‘ambarlarning hayoti tugasa, shaxsi bu dunyodan ketsa, mo‘’jiza ham tamom bo‘lar edi. Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning shariatlari oxirgi shariat bo‘lgani, u zotning risolalari qiyomatgacha turishi lozimligi uchun, Alloh taolo u zot sollallohu alayhi vasallamning bosh mo‘’jizalarini moddiy emas, ma’naviy qildi, muvaqqat emas, abadiy qildi. Qur’oni Karim Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bosh mo‘’jizalaridir. Bu mo‘’jiza u zot sollallohu alayhi vasallamning hayotlariga va shaxslariga bog‘liq emas. U kishidan keyin ham qiyomatgacha abadiy mo‘’jiza bo‘lib turaveradi. Lekin bu degani, Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Qur’ondan boshqa mo‘’jiza bermagan, degani emas. Alloh taolo O‘zining anbiyolarining xotami Muhammad sollallohu alayhi vasallamga o‘tgan nabiy alayhissalomlarga bergan mo‘’jizalarining ko‘pini bergan. Lekin bu mo‘’jizalarga u kishining payg‘ambarliklarini tasdiqlovchi alomatlar sifatida qaralgan emas. Payg‘ambarimizga berilgan mo‘’jizalar haqida alohida kitoblar ham bitilgan. Misol uchun, ushbu surada so‘z ketayotgan Isro va Me’roj hodisalari avvalgi payg‘ambarlarga berilgan mo‘’jizalardan kam emas. Ammo bunga payg‘ambarlikni tasdiqlovchi alohida mo‘’jiza deb emas, balki hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Alloh taologa yaqinliklarining oddiy misoli sifatida qaralgan. Qur’oni Karimning o‘zida Muhammad sollallohu alayhi vasallamning mo‘’jizalari sifatida oyning yorilishi ham zikr qilingan. Demak siz keltirayotgan oyatda faqatgina mushriklarning talabi asosida mo‘’jiza keltirmaslik haqida so‘z bormoqda. Shunga binoan keyingi savollaringiz o‘z-o‘zidan ahamiyatini yo‘qotadi.
26 Май 2022, 20:15 | Савол-жавоблар | 169 | Turli savollar

(59 . Bizni oyat-mo‘’jizalarni yuborishimizdan faqat avvalgilarning ularni yolg‘onga chiqarganlari man qildi. Samudga tuyani ko‘z ochuvchi (mo‘’jiza) qilib berdik. Bas, uning sababidan (o‘zlariga) zulm qildilar. Biz oyat-mo‘’jizalarni faqat qo‘rqitish uchungina yuborurmiz.)
Hadislarda esa bu mavzuda Qur’onda kelgan so‘zlarning aksi kelgan. Endi ba’zi olimlarga ko‘ra, hadisni inkor qilsak kofir bo‘lamiz, lekin Qur’onga muxolif bo‘lgan bu hadislarni qabul qilsak, Qur’on oyatlarini inkor qilgan bo‘lib qolmaymizmi?Allohning bor deganiga yo‘q, yo‘q deganiga bor desak, kofir bo‘lib qolmaymizmi? Bu haqda kimdan so‘rasam, sen noto‘g‘ri tushunibsan deyishmoqda. Ikkinchi savolimni alohida yo‘llayman.Vassalomu alaykum.