Topgan pulim halol yoki haromligini so‘rash
Mening savolim quyidagidan iborat: men avval bank sohasida ishlaganman. Ish faoliyatim asosan mijozlar bilan ishlashdan iborat edi. Mijozlarimiz ba’zan o‘zlari to‘ldirishlari kerak bo‘lgan qog‘ozlarni goh tushunmaganliklaridan, goh erinib menga to‘ldirib berishni iltimos qilishardi. Men esa qo‘limdan kelgancha yordam berardim. Ba’zan qiynalayotganligini ko‘rib qolsam o‘zim yordamimni taklif qilardim. Shu arzimagan yordamim uchun mijozlarimiz minnatdorchilik sifatida ba’zida ozroq pul yoki biror shirinlik qoldirib ketishardi. Men esa ba’zan shularni qabul qilardim. Lekin hech qachon o‘zim hech nimaga sha’ma qilmaganman. Aytingchi menga shu olgan pulim (yoki olgan shirinligim) halolmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘zlari rozi bo‘lib bergani uchun halol.
26 Май 2022, 20:16 | Савол-жавоблар | 147 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘zlari rozi bo‘lib bergani uchun halol.
26 Май 2022, 20:16 | Савол-жавоблар | 147 | Turli savollar