G‘oibona shogirdlikka oling iltimos

Assalomu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Men Tojikistoning Isfara tumanidan, sizning g‘oibona shogirdingiz Qodirov Dilshodbek bo‘laman. Yoshim 26da. Litsey o‘qituvchisi. 2006 yildan buyon sizning ta’lifotingiz bilan tanishib kelaman. 5 yildan buyon islom.uz portalidan ham foydalanaman.Allohning irodasi bilan 5 yildan buyon sizga bog‘lana olmayotgan edim. Internet mutaxassislari bilan ham urinardik, lekin qaysidir omilar tufayli erishmasdik. Men, alhamdullilah imkon qadar farzi ayn bo‘lgan amallarni bajarib yuraman. Hozirgi kunga qadar mening shaxsiy kutubxonamda sizning oldinrok chop etilgan 8 ta kitobingizdan tashqari barchasi bor. Oxirgisi “Oltin silsila”ning 3 juzi. Barchasini mualliflik huquqi rioya qilingan holda sotib olganman. Men sizni o‘z ustozim deb bilaman va boshqalarga aytaman, chunki ular menga bu savolni ko‘p berishadi. Men yaqinda Oliygohni tugataman (ikkinchi ma’lumotni) va dinimizni to‘liq o‘rganmoqchiman. Ustoz meni g‘oibona shogirdlikka oling va kitoblaringiz bo‘yicha ilm olishga yo‘riqnoma bering iltimos.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Marhamat.

26 Май 2022, 20:17 | Савол-жавоблар | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar