Oyatning tafsiri
Assalomu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Men bir ijtimoiy tarmoqda bir oyatga ko‘zim tushib qoldi "Film, musiqa, rasmlar yuborishdan avval Alloh taoloning ushbu oyatini eslang! "Albatta ular o‘z yuklarini ham, u yuklar bilan birga boshqalarning yuklarini ham ko‘tarurlar, Albatta qiyomat kunida uydirib yurgan narsalari haqida so‘ralurlar" (Ankabut surasi, 13-oyat). Men buni yaxshi tushuna olmadim, iltimos shu oyatni to‘liqroq ma’noda tushuntirib bering. Oldindan rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Albatta, ular o‘z yuklarini ham, u yuklari bilan birga boshqa yuklarni ham ko‘tarurlar. Albatta, qiyomat kuni uydirib yurgan narsalari haqida so‘ralurlar. Ushbu oyatdagi «yuk»dan murod gunohdir. Albatta, kofirlar gunohlari yukini ko‘taradilar. Shu bilan birga, o‘z ig‘volari bilan yo‘ldan urgan odamlarning gunohlarini ham ko‘taradilar. Ammo bu narsa ularning ig‘vosiga uchganlarning gunohini engillatmaydi, ular ham qilmishlariga yarasha jazolarini tortadilar. Imom Buxoriy va imom Muslimlar rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim adashuvga da’vat qilsa, unga ergashganlarning gunohi qadar gunoh, zarracha kamaymagan holda, unga ham bo‘lur», – deganlar. «Albatta, qiyomat kuni uydirib yurgan narsalari haqida so‘ralurlar». Har kim qilmishiga yarasha javob beradi.
26 Май 2022, 20:19 | Савол-жавоблар | 158 | Turli savollar