Qur’on va Tafsiri Hilolni eshitish

Assalomu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Ustoz, chet elda talabaman. Kunduzi o‘qish va kechqurun ish. Deyarli bo‘sh vaqtimiz kam. Bo‘lsa ham o‘qishimning vazifalariga va o‘zimning boshqa virdlarimga etadi. Lekin kechqurun bilan ishlaganligim sababli ishda ilmni telefondagi ovozli ma’ruzalar orqali o‘rganishga ancha vaqt bo‘ladi. Zavoddagi ishimiz o‘zimiz uchun tayin etilgan mashinalarni nazarot qilib turish (bu ishni anchadan beri qilayotganligim sababli deyarli e’tiborimni eshitayotgan narsamga jam qila olaman. Boshqalar esa menga gapirmaydi). Shu paytgacha hatto Qur’onni eshitish orqali xatm ham qilgan edim o‘sha erda. Boshqa kitoblaringizni ham o‘sha erda eshityapman. Lekin hozir sizning Tafsiri Hilolingizni xilal.ru.kom orqali sotib olib eshitayotganimda muqaddimada tahoratli bo‘lmoq afzal deyilgan. Savol: Men uchun Qur’on yoki Tafsirni tahoratli holda ishlayotganimda 1-2 soat eshitganim afzalmi yoki kunigi 15-20 minut bo‘lsa ham o‘tirib olib eshitganim afzalmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ikkisi ham bo‘laveradi. Vaziyatga qarang. Alloh taolo ixlosingizni yanada ziyoda qilsin!

26 Май 2022, 20:19 | Савол-жавоблар | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar