Oshpazlikdagi masala
Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Bir birodarimiz restoranda oshpazlik qiladi. Ya’ni kabob pishiradi. Pishirgani uchun haq olar ekan. Go‘shtni o‘zi olib kelar ekan, restorant egalari go‘shtning pulini to‘lar ekan. Ma’lumki kabobga go‘sht bilan birga charvi ham qo‘shiladi. Charvi esa go‘shtning yarim narxida ekan. Masalan sakkiz kilogramm go‘shtga ikki kilogramm charvi qo‘shilar ekan. Oshpaz birodarimiz 10 kilogramm go‘sht olib kelib xo‘jayinlardan pul olar ekan, keyin ikki kilogramm charvini o‘zi xarid qilib, ikki kilogramm go‘shtni o‘rniga (sakkiz kilogramm) go‘shtga qo‘shar ekan. Natijada, pul hisobida bir kilogramm go‘sht unga foydaga qoladi. U kishi “Xo‘jayinlar qancha go‘shtga qancha charvi qo‘shishni menga tayinlanmagan” deydi. Ammo bu qilayotgan ishidan ular xabardor bo‘lmasa, qilayotgan ishi joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur oshpazning ishi noto‘g‘ri. Ketgan xarajatni aniq aytish kerak.
26 Май 2022, 20:25 | Савол-жавоблар | 155 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur oshpazning ishi noto‘g‘ri. Ketgan xarajatni aniq aytish kerak.
26 Май 2022, 20:25 | Савол-жавоблар | 155 | Turli savollar