Yigit va qizlar birgalikda ziyofat qilib o‘tirishi

Yoshim 18 da. Hudo hohlasa sinfdoshlar bilan birgalikda sumalak qilish niyatidamiz. Ammo otam menga ruhsat bermoqchi emaslar. Sababi, “endi sizlar voyaga etdingiz, birgalikda o‘tirishingiz ma’qul emas. Bundan tashqari biror yigit yoki qiz noma’qul biror harakat qilishi yoki shuni hayoliga keltirgan bo‘lishi mumkin. Shunda ular bilan bir davrada bo‘lganing uchun sen ham gunohkor bo‘lasan” deyaptilar. Lekin men alhamdulillah bunday o‘y hayollardan yiroqman va sinfdoshlarim orasida ham bundaylar yo‘qligiga ishonaman, vallohu a’lam. Aytingchi, yigit va qizlar birgalikda yig‘ilib o‘tirishimiz mumkimi? Shariatimizda bunga ta’qiq yo‘qmi? Javobingizni intizorlik bilan kutib qolaman. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday qilish mumkin emas. Qizlar alohida, yigitlar alohida o‘tirsinlar. Hozirgi noqulayliklarning barchasi shunga o‘xshash narsalardan chiqadi.

26 Май 2022, 20:35 | Савол-жавоблар | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar