Namozda qiroatning tajvid bilan mos kelishi

Mening bir do‘stim 2-3 yil bo‘ldi namozga tushdi. Ammo tajvid ilmi yo‘q, so‘zlarni buzib o‘qiydi. Men unga: “Musulmonning buguni, kechagi kuniday bo‘lmasligi kerak, avval boshida o‘rganib olguncha kirilchada yodlaganingizni o‘qidingiz, Alloh xatolarimizni kechirsin, endi tajvidni o‘rganing, unda namozingiz durust bo‘lmaydi, siz yoshsiz, xotirangiz kuchli, imkoniyatingiz bor, sizga bunday xato o‘qish uzrli emas”, dedim. Ammo mening so‘zlarim uncha ta’sir qilmayapti. Mana 5-6 oy bo‘ldi, xali boshlagani yo‘q. Ammo sizning so‘zingizni oladi. Yosh, zehni butun odamga namozda qiroatni tajvid asosida o‘qish farzi aynmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ha, albatta, farzi ayn. Tezroq o‘rganish kerak.

26 Май 2022, 20:50 | Савол-жавоблар | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar