Yaxshi amallarni rejalashtirib yozib qo‘yish

Muhtaram hazrat. Sizga bir tanishimning iltimosini va savolini etkazmoqchiman. Iltimos, javobingiz juda ham zarur. Tanishim yozadi. Men bir muslima, yoshim 18 da. Yoshligimdan kundalik tutib, unga qilmoqchi bo‘lgan amallarimni, ibodatlarimni rejalarini vaqti soatini yozib boraman. Lekin hammasiga ham ulgura olmayman. Shu ulgura olmaslik natijasida, oxirgi marta juda hafsalam pir bo‘lib, ko‘p yaxshi amallarimni tashlab yubordim. Imonimdan halovat ketdi. Ibodatlarimni mazasi qolmadi. Albatta inson taqdirini Alloh yozadi. Ikki uchta ilmli odamlardan so‘ragan edim. Biri yoz dedi, biri yozma dedi va yana biri yozganingdan keyin “Inshoalloh” deb yoz dedi. Savolim esa, qilmoqchi bo‘lgan xayrli amallarni, ibodatlarni, ilm olish vaqtlarini kundalikga yozib borsa bo‘ladimi? Va yozib turib shuni amalga oshira olmasakchi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ishlarni tartibga solish ma’nosida yozsa bo‘ladi. Yozib qilmasa hech narsa bo‘lmaydi. Yozib qilsa, savob oladi.

26 Май 2022, 20:50 | Савол-жавоблар | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar