buzulish arafasidagi oila haqida maslahatingizga muhtojman

hurmatli shayh hazratlari! Olloh umringizni uzoq, martabangizni ulug‘, ilmingizni yanada ziyoda aylasin. Lohim robbim sizni o‘z panohida asrasin. Ustoz mening savolim quydagicha bu men uchun va mening yaqin dugonam uchun juda- juda muhimdir. Meni yoshlikdan birga usgan bir duganamning oilasi buzilish arafasidadir. Buzilishiga sabab turmush o‘rtog‘i boshqa ayol bilan uchrasib yurishidir. Yani erining gapi bo‘yicha u ayol bilan nikohlangan ekan. Ammo duganam buni hech hazm qila olmayapti. Dugonam har safar ajrashaman buldi boshqa bu bn yashamayman deb menga aytadi. Men bulsa unga oilani saqlab qolish kerakligini boradigan joyi yo’qligini farzandlari katta bulayotganini bir ikki yildan so‘ng to‘y qilishini shunday paytlarda suyanchig‘i eri bulishini hammasiga sabr qilishini tushuntirib turibman meni gaplarimga quloq solib maylin deydida yana biron bir mojaro chiqib qolsa yana ajrashaman deb turib oladi. Keyin men yana o‘zimni nasihatlarimni beraman mayli xozir erin yoshlik qilayotgandir bir kun kelib yaxshi bulib qoladi hammasi unut bo‘ladi sabr qil deyman. Mana kecha ham qo‘ng‘iroq qilib buldi bumidi deb turib oldi. Men yana nima buldi deb suradim u bulsa erini telefoniga qo‘ng‘iroq bulganida olib javob beribdi shu vaqtda narigi ayoldan xat kelibdi telefoniga xatda u ayol buni eriniga sevgi izhorlarini va qachon kelishini surabdi keyin dugonam boshqa hatlarni va eri u ayolga yozgan hatlarini ochib o‘qibdi xatlarning birida eri dugonam bn bulgan shariy suhbatlarini yozibdi bu narsaga dugonam chiday olmayapman deb menga qung‘iroq qilib er hotin orasidagi shariy suhbatni birovlarga aytib bo‘ladimi deb so‘rab hafa buldi bunda xam men dugonamni urishdim nima uchun telefonini tekshirasan deb va agar rostanam nikohiga olgan bo‘lsa bunga rozi bulib sabr qilib u ayol bn yaxshi muomalada bul deb aytdim lekin bunga dugonam ko‘nmayapti u ayol agar muslima ayol bulganida edi ko‘nardim deydi u ayol o‘zi ichadigan chekadigan ikkita bo‘yiga etgan qizi bor o‘zi kvartirant bo‘lib yashaydi doim meni erimga yomonlaydi deb yig‘ladi dugonam. Men sabr qil deb yupataman o‘rtada uchta farzandligi bor dugonamni ota onasi olamdan o‘tishgan singlisi bn ukasini o‘zi uzatib o‘ylantirgan mendan boshqa maslahat oladigani yo’q qarindoshlariga ovoza qilgisi yo’q hammaga xayotini yaxshi kechayotgandek kursatadi faqat menga dardini aytib maslahat oladi hullas xozir faqat meni gapim bn oilasini ushlab turibdi men va oilam ibodatda bulganimiz uchun mendan maslahat olib aytganlarimga kunadi. Dugonamni ko‘p da’vat qildim boshinga tushayotgan hamma kulfatlar beibodatligindandir namoz o‘qi hammasi inshaolloh yahshi bo‘ladi dedim mana xozir alhamdulillah namoz o‘qishni boshladi bundan juda hursand buldim. Men so‘ramoqchi bo‘lgan narsa men dugonamga to‘g‘ri maslahat beryapmanmi yoki unga zulm qilib qo‘yyapmanmi u doim mendan nima qili to‘yib ketdim deb so‘raydi oxiri boshim qotib qoldi nima deb aytishga. Uyida kup hollarda janjal bulib turibdi ustoz maslahat bering nima qilaylik boshimz hayron eri ota onasini ham aytganiga kirmayapti u ayoldan kechmiman deydi agar hohlasen seni ham qiynab qo‘ydim sen ham boshqa birov bn yur debdi dugonamga. Men shunda gam dugonamni sabrli bo‘lishga chaqiraveraymi maslahat bering iltimos. Olloh sizni o‘z panohida asrasin. Dinimizga robbim nusrat bersin. Duo qiling ustoz iltimos, duolaringizga muhtojmiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz juda ham to‘g‘ri ish qilmoqdasiz. Sizga tashakkur! Dugonaningizni ibodatga chorlaganingiz hammasida yaxshiyu shu ishni davom ettiravering. Er ham tuzalib qolar insha Alloh.

26 Май 2022, 21:11 | Савол-жавоблар | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar