Juma namozini boshqa mazhabdagilar bilan o‘qish

hurmatli Shayx hazratlari! Bir muhim masala yuzasidan sizga murojaat qilyapman. Yevropada o‘qiyman, Xudoga shukr shaharda jome masjidi bor. Juma namozini shu masjidda o‘qiyapman, lekin bu erda asosan Shimoliy Afrikadan kelgan musulmonlar, anig‘ini bilmayman, Molikiy mazhabida bo‘lishsa kerak. Bizda Juma namozidan oldin 4 rakat, keyin 4 rakat sunnat o‘qilishi ma’lum. Bu erda esa namoz vaqti kirishi bilan azon aytilib imom amri-ma’rufni boshlab yuboradi va keyin ikki rakat farz namozi o‘qilishi bilan tugaydi. Shunda oldingi 4 rakat sunnatni o‘qib bo‘lmayapti, ya’ni imom ma’ruzani boshlagach jim turib eshitish kerakligi yuzasidan. Shu sababdan har safar Juma namozini farzidan keyin 8 rakat sunnatni o‘qishga to‘g‘ri kelyapti. Bunday holatda nima qilishim lozim? Hozir tutayotgan yo’lim to‘g‘rimi? Bu har safar takrorlanaversa ham bo‘ladimi? Yoki avvalgi 4 rakat sunnatni imom ma’ruzasini boshlaganidan keyin ham o‘qiyveraymi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Azonni ikki marta aytishadi. Birinchi azondan keyin tezda to‘rt rakat sunnatni o‘qib olish kerak. Imkoni bo‘lmasa, hozirga ishingiz to‘g‘ri.

26 Май 2022, 21:11 | Савол-жавоблар | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar