Qurbonlik qilmaganlarning hukmi

Shayx hazratlari. Men bir narsaga ajablanaman. Ajib. . . Kecha Jumada qurbi etganlar qurbonlik qilishi haqida ma’ruza qildilar. Qurbi etganlar toifasiga uyi bor, tagida avtomashinasi bor, mulki (tillo, kumush, ) borlar albatta ularga bir qo‘yni Allohga shukrona sifatida qurbonlik qilish shart ya’ni vojibligi haqida qattiq tayinladilar. Ilgarigi sahobalar nonga muxtoj bo‘lsada, kiyimga muxtoj bo‘lsada, ulovga muxtoj bo‘lsada bisotida uyi borligi uchun shukronasiga qo‘y qurbonlik qilishgan ekan. Kecha bir yaqin qarimdoshimiz (jigar) o‘z hasmini turmushga berdi. Endi u qizga sarflangan jihoz, sep va boshqa narsalarni ko‘rsangiz yigit emas qiz uylandi deb o‘ylaysiz. Alloh baxtini bersin, qo‘sha qarib farzandlar dunyoga keltirsinku lekin shu qarimdoshimdan juda qattiq ranjidim. Alloh uchun, ha , Alloh uchun yomon ko‘rib ketdim. Inson ham shunchalik isrof qiladimi. . . Alam qiladigani oilasida ibodat qiladigan, Allohning Kalomini o‘qiydiganlar borku shular isrof qilishni biladiku, lekin qurbonlik qilishga endi imkoniyatimiz yo‘q deb turibdi. Qiziga hayit bayrami uchun falon pullik kir yuvadigan jihozga puli etdiku lekin Alloh uchun, Alloh bergan ne’mat uchun esa Egasidan qizg‘anib o‘tirsa. . . Hazrat mana shunaqa odamlarga qiyomatda qanday muomala bo‘ladi? Qurb etib turib qurbonlik qilmagan odamning hukmi qanday?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Zakot berishga qodir bo‘lganlarga qurbonlik qilish vojib bo‘ladi. Bu amalni qudrati etib turib qilmaganlar vojib ibodatni qilmagan banda hisoblanadi va vojib ibodatni ado etmaganlarga ta’yin qilingan jazoni oladilar.

26 Май 2022, 21:20 | Савол-жавоблар | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar