Nazrga vafo qilish
hurmatli Shayx hazratlari! Diniy masalalarda savollarimizga javob berib to‘g‘ri yo‘lni tanlashimizda yordam berayotganingiz uchun sizga barcha musulmonlar nomidan tashakkur aytaman. Savolni berishdan avval ilgari berilgan savollarning tegishli bo‘limi orasidan izlab topolmadim va sizdan so‘rashga yuzlandim. Turmush o‘rtog‘im bir ishi amalga oshganidan keyin Allohning roziligiga 1 qo‘y so‘yishini niyyat qilgan edi. Alhamdulilloh, o‘sha ish amalga oshdi. Endi va’daga vafo qilmoqchimiz. Savol: Ushbu niyyat nazr hisoblanadimi? Nazrga so‘yilgan jonliqning go‘shtini qanday taqsimlasak eng ma’qul amalni qilgan bo‘lamiz va Allohning roziligini topgan bo‘lamiz? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh sizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Nazr bo‘ladi. O‘zingiz emaysiz. O‘ta kambag‘al kishilarga beriladi.
26 Май 2022, 21:33 | Савол-жавоблар | 185 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Nazr bo‘ladi. O‘zingiz emaysiz. O‘ta kambag‘al kishilarga beriladi.
26 Май 2022, 21:33 | Савол-жавоблар | 185 | Turli savollar