Libos larning rangi

Shayh hazratlari kichkina savolim bilan qimmatli vaqtingizni olayotganim uchun uzr. Hazrat(Zikr ahlidan so‘rang 3)o‘qiganimda erkak kishiga sariq rang mumkin emas ekan, shu kuni masjidga hufton namoziga chiqdim bir birodarimiz sap-sariq futbo‘lkada birgalikda namoz o‘qidi namoz tugaganda oldilariga borib tushuntirsam, yo’q qizil rang kiyib bo‘lmaydi deb javob berdi, chunki o‘zim qizil futbolkada edim hujjat, hadis so‘rasam javob bermadi. Lekin sariq rangni kiysa bo‘ladi domladan so‘raganman dedi, men unga dalil sifatida (zikr ahlidan so‘rang 3)292-betdagi 35-bobini o‘qing dedim. Qizil rang haqida tushuntirib bering hazrat iltimos, rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qip qizil bo‘lsa ham makruh. Ammo sariqda ham, qizilda ham boshqa rang aralashgan bo‘lsa, bo‘laveradi. Makruh degani harom degani emas.

26 Май 2022, 21:39 | Савол-жавоблар | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar