To‘lov va pul muomalasi

Hurmatli Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf janoblari, menda bir xolat yuzasidan savol bor, javob uchun oldindan katta rahmat! Bir necha vaqt ilgari men bir qarindoshimga uyimni sotishga kelishgandik, uy narxini kelishdik, u menga (mening roziligim bilan) kelishilgan uy pulining bir qismini berdi, yana bir qismini keyinroq yana oldim, uyni nomingizga o‘tkazib beray desam bunga ular rag‘bat qilishmadi (ular menga, men ularga ishonamiz va undan tashqari guvohlar ham bor edi). Bir payt qarindoshim bir oz moliyaviy qiyinchilikka duch keldi va mendan bir oz muddat berishimni iltimos, qilishdi va men rozi bo‘ldim, u muddat ham o‘tdi, shundan keyin ular yana bir aniq vaqt (kun) belgilab muddat so‘rashdi, men e’tiroz bildirmadim. Belgilangan muddatda ular pulni berishmadi, ertasi kun men uyni o‘zimga kerakligini aytib, uzr so‘rab uyni sotmasligimni aytdim va ulardan olgan pulimni bir hafta ichida qaytarib berdim. Ular bu xolatdan biroz ranjishdi va boshqa uy sotib olishdi va bu uy ularga mening uyimdan ozgina qimmatroqqa tushdi. Bu xolat oramizga bir oz sovuqchilik tushishiga sabab bo‘lgan bo‘lsada, biz keyinroq yana yaxshi munosabatda qarindoshchiligimizni davom ettirdik (ular bizning eng yaqin va yaxshi qarindoshlarimizdan). Yaqinda shu xolat yana bir eslangani uchun men sizga murojat qilishga qaror qildim: bo‘lgan ishda (ya’ni oldi sotti ishimizda) biror birimiz nohaq, shariatimizga nomuvofiq ish qilmadikmi, agar qilgan bo‘lsak buni tuzatish uchun nima qilishimiz zarur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz shoshilgansiz. Ularga yana sharoit yaratib berganingizda yaxshi bo‘lar edi. Boshqa gap yo‘q.

26 Май 2022, 21:44 | Савол-жавоблар | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar