xomiylik ostidagi ayolni nikohga olish

Assalam alaykum. Ikki farzandi bor, eri yo‘q, o‘z otasi chiqishtirmagan ayol xomiylikka olingan. Ayolni xomiylikka olgan erkak savob maqsadida xarakatda, ya’ni yaqinlik qilish niyatida emas va etimlarni boshini silayotganligi uchun Allah uning ishlariga yanada barakot berishidan Allahdan umidda. Ayol bu erkakka, uni nikohiga olishi mumkinligini bildirdi(balki ayollik nafsi jo‘sh urgan). Bu erkakning oilasi bor. Bu erkak xotinlari o‘rtasida tenglik siyosatini qila olmasligidan qo‘rqib, xomiyligi ostidagi ayolni nikohlay olmasligini biladi. Ammo ayol xomiysini nikohida bo‘lmoqchi. Bu vaziyatda nikohlab olishga qat’iy qaror qilinsa qanday yo‘l tutilmog‘i ma’qul. P. S. Savol boshqa odamning iltimosi tufayli berildi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shuning uchun homiylik qilaman deya nomahram bilan aloqada bo‘lmaslik kerak. Yordamni ayolning mahramlari orqali berish kerak.

26 Май 2022, 21:59 | Савол-жавоблар | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar