Zakot hisobi
Shayh Hazratlari. Zakot to‘g‘risida savolimiz bor edi. Bir do‘stimiz 2000yil 1yanvarda(tushunish oson bo‘lish uchun yil va oylar o‘zgartirilgan) horijda bir shirkatga ishga kirgan bulib, uning oylik maoshi o‘sha paytda tahminan 600$lar atrofida bo‘lgan . Uning hisobida to‘plangan pullar 4oyning(aprelning) oxirgi kunida, yani oylik chiqqan kuni 2400$bo‘lib o‘sha vaqtdagi o‘lchov bo‘yicha nisobga etgan. Yigilgan pullariga 2002 yil yanvar oyida avtomobil harid qilgan. Yani 2002yil fevral oyida uning hisob raqamidagi mablag yana noldan boshlangan. Afsuski zakotga be etiborsizlik qilib(ilmi sayozligi qilib)bu yilgacha zakotini bermagan. Bu yil esa zakotni bermaslik gunoh bo‘lishini tushunib etdi va o‘tgan zakotlarini bermoqchi. Savollarni shu erga kelganda bo‘lib bo‘lib bermoqchimiz. 1. Endi do‘stimiz ayni damda qo‘lida qancha mablag‘ bo‘lsa(albatta nisobga etib ortib bo‘lgan) shundan 2. 5%ni zakotga chiqaradimi yoki 2000yildan boshlab barcha o‘tgan yillar uchun beradimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Nisobga etganiga bir yil to‘lgandan boshlab beradi.
26 Май 2022, 22:01 | Савол-жавоблар | 156 | Zakot
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Nisobga etganiga bir yil to‘lgandan boshlab beradi.
26 Май 2022, 22:01 | Савол-жавоблар | 156 | Zakot