Uch taloq bo‘lgan xotin bilan yarashishning chorasi

Ming afsuski, hozirda ba’zi bir insonlar oqibatini o‘ylamay, tillarini tiya olmasdan o‘z jufti halollarini uch marta taloq qilib, oilalar ajralishiga sabab bo‘lishmoqda. Ma’lumki, xotin uch taloq bo‘lgan bo‘lsa, ular hayotlarini o‘zaro bog‘lay olmaydilar. Xotin boshqa erga tegib, u bilan ham kelisholmay ajralsa yo undan beva qolsa, ana shundagina avval uch taloq qilgan eri bilan hayotini bog‘lashi mumkin. Shuni hisobga olib, agar er va xotin yana qayta yarashmoqchi bo‘lishsa-yu, lekin orada uch taloq turgan bo‘lsa, bunday vaziyatda xotin boshqa bir kishiga, masalan doktorlarning tashxisiga ko‘ra o‘limi yaqin bo‘lgan biror bemorga yoki o‘limi yaqin qolgan, jinsiy quvvati so‘nib bo‘lgan biror qariyaga nikohlansa va uning vafotidan so‘ng yana o‘zining sobiq eri bilan yarashib olsa joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Jinsiy aloqa bo‘lishi shart.

26 Май 2022, 22:26 | Савол-жавоблар | 205 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar