Ayolim ochiq-sochiq kiyinishni yaxshi ko‘radi

Yoshim 21 da. Uylanganimga 8 oy bo‘ldi. Ayolim esa 18 yoshda. To‘ydan avval benamoz edim (Alloh o‘zi kechirsin). Hayotga yengil yelpi qarardim. Benamoz qizga uylanganman. To‘ydan keyin Alloh hidoyat qilib Namoz o‘qishni boshladim. Dunyoqarashim ham o‘zgargan. Lekin ayolimni namozga buyursam 3-4 kun o‘qib keyin tashlab qo‘yyapti, Kiyinishi esa Islomiy axloqqa to‘g‘ri kelmaydi. Ro‘mol o‘rashni buyursam "siqilib" qoladi. 3-4 marta yumshoqlik bilan buyurdim lekin natija bo‘lmadi. Qattiqroq gapirib yana "qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarib qo‘yish"dan avval sizdan maslahat so‘ray dedim. Savollar arxividan va kitoblardan bu savolimga javob topa olmadim. javob uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Asta va bardavom ravishda namoz va islomiy kiyinishga chaqiravering. Namozxon muslima ayollar bilan ko‘proq bo‘lishini chorasini ko‘ring.

26 Май 2022, 22:33 | Савол-жавоблар | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar