Mevani pishmasidan oldin sotish

Sizning Ramazon 2010yil 13-qismda 21daqikasida sizga "hozirgi kunda ayrim odamlar olma, nok kabi mevalarni pishmasdan turib sotib yuborishyapti shunga shariatda ijozat bormi" -degan savolga siz "Mevalarni tupida turganda sotishga ijozat yo‘q" deb javob beribsiz. Muftiy Usmonxon Alimovning "Sunnat va Xadis"(Sharq nashriyoti Toshkent 2012) kitobida 15betida quyidagilar yozilgan ["Taqriri Nabaviyning Misoli" Makkai mukarramada tuproqdan ko‘ra toshlar ko‘p. Bir necha chaqirim nariroqda Toif shaxri joylashgan, u erda ekinzorlar va boglar bor. 450 chaqirimdan so‘ng Madinai munavvara keladi, u erda ham bog va ekinzorlar bor. Nabiy sollallohu alayxi va sallam xijrat qilib Madinai munavvaraga kelgan vaqtlarida, u erda salam bay’i(savdosi)rivoj topgan edi. Xali xurmolar pishmasdan turib baxosi belgilanib, sotilib ham bo‘lardi, narxi bilan birga muddati ham anio‘lab qo‘yilar edi. Sotib olgan kishi pulni kelishilgan vao‘tda berardi. Bog egasi esa belgilangan vaqtda xurmoni berardi. Shu salam bay’i deyiladi. Shariatning qonun-qoidasiga qaraganda, bu bay’ durust emas, chunki sotilgan narsa vujudga kelgani yo‘q, vaxolanki, bayning saxix bo‘lishi uchun sotilgan narsaning mavjud bo‘lishi zarur. Shuningdek, sotilgan narsa sotuvchining mulkida va qo‘lida bo‘lishi ham zaruriydir, yana sotib olgan odamga o‘sha narsani topshirishga qudrati ham bo‘lishi zaruriydir, o‘shandagina bay’ durust bo‘ladi, aks xolda durust bo‘lmaydi. Xurmolar bay’i salom qilinganda xali daraxtlar gullamagan ham bo‘ladi. Xali meva mavjud emas ekan, egasining mulkida emasligi aniqdir va mulkida yo‘q bo‘lsa, qo‘lida emasligi ham aniqdir. Shu vajxdan shariat qonun-qoidasiga ko‘ra, bu bay’ botildir. Sevikli Payambarimiz sollallohu alayxi va sallamga bu bay’ malum bo‘lganida, u zot saxobalarni bundan qaytarmadilar, balki aytdilarki: SIZLAR SALAM BAY’I QILSANGIZLAR, TAMOMI TAFSILOTLARINI KELIShINGLAR, O‘LChOV VA VAZNINI KELIShINGLAR, MA’LUM MUDDATINI XAM KELIShINGLAR(TOKI, KELAJAKDA BIRORTA NIZO ChIQMASIN). Xullas, sevikli Payambarimiz sollallohu alayxi va sallam shartlarni ziyoda qildilar, xolos, bay’i salamdan man’ qilmadilar. "Bay’i salamning joizligi xikmati" Islom usuli bilan bay’i saxix bo‘lmasa, Rasuli akram sollallohu alayxi va sallam nima uchun uni o‘rnida qoldirdilar? Buning javobi shuki, garchi bay’i salamda sotilan narsa sotuvchining qo‘lida bo‘lmasa xam, lekin bozorda topilaveradi, bas, sotilgan narsa bozorda mavjud bo‘lganidan keyin, agar uning bogida meva etishmasa xam, belgilangan vaqt kelib qolsa, bozordan olib bera oladi. Binobarin, xos bir erda o‘sgan narsani bay’i salamda shart qilish durust emasdir. Xullas, sotilgan narsaning bozorda mavjudligi sotuvchining mulkida mavjud deb e’tiborga olinadi va bu durust xiyla, ya’ni choradir. ] iltimos, shu masalani aniqroq tushuntirib berin. Savol berishdan maqsad kimnidir xatosini topish emas, hozirgi kunda xayotimizda ko‘p uchraydigan masalaga aniqlik kiritish
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Daraxtda turgan mevani sotib bo‘lmasligi noaniqlik tufayli nizo chiqishi uchundir. Salam savodosida ham oldin kelishib qo‘yiladi va vaqti kelganda aniq o‘lchanadi. Bu ikki holat orasida qarama qarshilik yo‘q.

26 Май 2022, 22:33 | Савол-жавоблар | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar