Boyo‘g‘lilar haqida
Assalomu alaykum! Ustozlar bazi bir joylarda boyo‘g‘lilar sayrasa kul yoki shunga o‘xshash narsalar sepib xaydashar ekan shu joyizmi? Yana bir savolim shuki bir paytlar men kumush zanjir sotivoluvdim malum sabablarga ko‘ra uni taqmadim endi taqmoqchiman. Kumush zanjir taqib yursam bo‘ladimi? Dinimizda shunga ruxsat bormi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boyo‘g‘li haqidagi siz aytgan gaplarni dinimizga mutlo aloqasi yo‘q. Johiliyat davrida turli narsalardan shumlanish mavjud bo‘lib, bu narsa ularning e’tiqodiga aylanib qolgan edi. Jumladan, «Qaerga boyqush qo‘nsa, o‘sha erda yomonlik bo‘ladi, o‘sha er xarobaga aylanadi», degan e’tiqod bor edi. Islom bu narsani ham inkor etdi. Birovga ko‘ngilsizlik yoki yomonlik etadigan bo‘lsa, boyqush yoki boshqa qush qo‘ngani sababli emas, Alloh taoloning irodasi ila bo‘ladi. Alloh iroda qilsa, har qanday holatda ham bandaga xastalikni oriz qilganidek, boyqush qo‘nsa ham, qo‘nmasa ham yomonlikni voqe’ qilishi, gullab, yashnab yotgan joylarni xarobaga, vayronaga aylantirishi mumkin. Erkak kishiga kumush uzukdan boshqa taqinchoq joiz emas. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 11:24 | Савол-жавоблар | 165 | Aqiyda