Hadislar sahihmi
hazrat. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo s. a. v. ning xadisi shariflarida quyidagi ma’nodagi hadisni o‘qib qoldim: “Alloh taolo insonlarni xalq qilishdan oldin arshning tagiga ikki kalima yozgan. U kalimaning ma’nosini farishtalar bilmaydilar ammo buning ilmini men bilaman 1: O’zi solih kishi bo‘la turib yon atrofdagi birodarlari fosiqlardur ul inson oxirat kuni ular tufayli do‘zaxga tushishi mumkin 2: O’zi fosiq kishi bo‘la turib solihlar bilan birga bo‘ladilar ularning xizmatida bo‘ladilar u inson o‘shalarning sababi tufayli jannatga kirishi mumkin” deyilgan. Yana bir xadisi sharifda quyidagi ma’nodagi hadisni oqidim: “Jannatga kira olmaysizlar – mo‘min bo‘lmaguningizcha. Mo‘min bo‘la olmaysizlar bir-biringiz bilan do‘st bo‘lmaguningizcha” Shu hadislardan so‘ng juda qattiq o‘ylanib qoldim. Sinfdoshlarim, Kursdoshlarim hammalari ibodat qilmaydilar. “Xadisi Qudsi” da esa quyidagi ma’nodagi hadisni o‘qidim: “Inson o‘zining yakka xolda o‘lishini, yakka xolda qabrga qo‘yilishini, yakka xolda xisob-kitob qilinishini bila turib nega Allohdan o‘zgasini do‘st tutadi” Bular bari ishonchlimi? Do‘stlarimga ko‘p narsani tushintirishga xarakat qildim ammo hidoyat Alloh taolodandir. Men do‘stlarim bilan aloqani uzaymi maslaxat bering. Xadislarda adashgan bo‘lsam Allohning o‘zi kechirsin Alloh hammamizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Har kim o‘zining qilganiga qarab hisob kitob qilinadi. Mo‘min bandaga mo‘minlar bilan do‘st bo‘lish tavsiya qilinadi. Fosiqlarga imkoni boricha nasihat qilinadi. Nasihatni qabul qilishidan umid uzilganda, aloqa ham uziladi.
26 Май 2022, 22:37 | Савол-жавоблар | 149 | Turli savollar