Ismim hayotimga tasir etadimi?
Ustoz, ismim Safarali. Onamning aytishlari bo‘yicha Safar oyida tug‘ilganim uchun Safarali qo‘yishgan ekan. Lekin men ismimga qo‘shilgan Ali nega qo‘yilganini bilolmadim, ismimni qo‘ygan Padarim esa vafot etganlar, so‘rayman desam. Savolim shundaki, ismim hayot tarzimga tasir etadimi? O’zim ko‘p uzoq safarga yurishni yaxshi ko‘raman. Har erlarda yashab ko‘rgim kelaveradi. Xorijda bo‘lganim uchun, yangi shaxarlarga ko‘chish moyilligim kuchli. Hayotimda o‘zgarish xoxlasam, boshqa shaxarga qanday borib qolganimni bazida bilmay qolaman. Bir erda muqum qololmayapman. Ustoz, nima qilay? Ismimni o‘zgartirishim kerakmi? Iltimos, maslahat bersangiz. Mendak ilmsizni kechirin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu gaplar sizning shaxsiy xayolingiz. Dinimizda unday gaplar yo‘q. Siz bunga e’tibor bermang. Safar oyining ma’nosi siz aytgan gaplarga to‘g‘ri kelmaydi. Unda siz aytgan safar qilish ma’nosi yo‘q.
26 Май 2022, 22:43 | Савол-жавоблар | 161 | Turli savollar