Riboga shohid bo‘lish haqida

Meni anchadan beri bir holat qinab kelyapti. O’zim zargarchilik bilan shug‘ullanaman, tahminan 1yilcha avval hadis va hayot savdo kitobini ribo bobini o‘qib chiqgan edim. Undan tashqari bir nechta manbalarni o‘rganib chiqdim. Tillo, kumush bilan ishlash nozik va bu ishda qo‘ppolik riboga olib borishi mumkin ekan. ammo meni qinaytgan holat shuki hadis va hayot kitobida kelgan oyat va hadislar iqtibosida maslan baqara surasi 275 oyat, 139- betda kelgan 1690-raqamli hadis. Rosululloh s. a. v riboga shohid bo‘lgan odamni lanatlagan ekanlar, Baqra 278-oyatda Alloh sarqitiniham tark qilshga buyurmoqda. Xazrat mening ishim va kasbimda tillo va kumushning nasiya , almashtirish, ustiga qo‘shib berish kabi ko‘plab ribo sodi bo‘ladi . Bu ishlarni qilayotgan odamlar hatto jumaga chiqmaydi. Boshq ish qilay desam shu hunarnu yahshi ko‘raman (tillo kumushga ishlov berish)shuni bilan . Allbatda qo‘ldan kelgancha shariyatga muvofiq bulishi uchu harakat qilaman to‘g‘ri almashtiraman, sotaman, mijozlarni uzini tillo kumshi bilan ishlayman alishtirmay. biroq yuqoridagi hadis va Baqara 278-oyatdagi sarqitini ham tark qilshga amir bor. Bunga muvofi o‘ylaydigan bo‘lsam ishim ancha yomon riboga shohidman, sarqitini trk qilmagan bulib chiqyapman. Bazilarga buni tushuntirishga harakat qildim hatto iqtiboslar keltirdim qaytishmadi bundan keyin ularni ahvoli dahshatku. O’tgan vaqt ishida qancha urinmay o‘zimni riboga aralashgan his qildim , ancha umidsizlikga tushdim. Shunki men uchun Islomdek qadrli hech narsa yo‘q edi. Bu orada bir necha bor ish joyimni o‘zgartirdim. Faqat ishimda emas ko‘p joyda guvohi bo‘laman ammo hech narsa qila olmayman. Xazrat iltimos tog‘ri yo‘l ko‘rsating juda qiynali ketdim, shuni o‘ylasam g‘amgin buli qolam.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hadisdagi shohid bo‘lish ko‘rib qolish degani emas. Ikki ribo ishni qiluvchi oraida guvohlik qilishdir. Siz ishingizni bexovotir davom ettiravering.

26 Май 2022, 23:01 | Савол-жавоблар | 151 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar