Qasamning kafforatini ado qilish tartibi

Qasamning kafforatlari 1 10ta miskinni taomlantirish, 2 10 ta miskinga kiyim bosh olib berish, 3 bir qul ozod qilish 4 agar bularga moliyaviy imkoni bo‘lmasa 3 kun ro‘za tutib berish ekan. Savol: 1 men ota-onam qaramog‘idaman (ya’ni daromad oladigan kasbga ega emasman) men kafforatga 3 kun ro‘za tutib bersam bo‘ladimi? Yoki ota-onam yordamida yuqoridagi uchtaning birini qilishim shartmi? 2 kafforot qilingandan keyin ham qasamda sobit turiladimi yoki kafforotdan keyin qasam tugaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ro‘za tutsangiz bo‘ladi. Kafforot bergandan keyin qasamning kuchi qolmaydi.

26 Май 2022, 23:06 | Савол-жавоблар | 166 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar