Mening janozamni falon domla o‘qisin
Tumanimizda bir kishi qazo qilgach, marhumning farzandlari otamiz "Mening janozamni falon joyda(marhumning turgan joyidan 90-100 km. Uzoqlikda)gi falon domla o‘qisin" deb vasiyat qilganlar deyishibdi va mahalla(o‘sha joy)ning imom xatibiga janoza o‘qishga ruxsat berishmagan. 1. Shu vasiyat joizmi? 2. Vorislarning qilgan ishlari to‘g‘rimi? 3. Bunday holat nikoh o‘qishda ham kuzatiladi, bunda: "Falonchi Toshkentdan falon domlani olib kelib nikoh o‘qitibdi" degan gaplarni nazarda tutdim. Nikohni o‘sha joyning imom xatibi turib, boshqa joydan domla olib kelib o‘qitish to‘g‘rimi? 4. Amplutatsiya – jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan kesib olib tashlangan inson a’zosi masalan, oyoq yoki qo‘l kafanlab ko‘miladimi? nima qilinadi? (Amaliyot qilingan kishi tirik)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Shu vasiyat joiz. 2. Vorislar to‘g‘ri ish qilishgan. 3. Mahalla noto‘g‘ri qilgan. 4. Nikohni ham har kim o‘zi istagan imomga o‘qitadi. 5. Sizga o‘xshaganlarning bu boradagi gapi ham, ishi ham noto‘g‘ri. 6. Kafanlab ko‘miladi.
26 Май 2022, 23:18 | Савол-жавоблар | 155 | Ibodatlar