Nikohni e’lon qilish
Assalomu alaykum! Nikoh to‘yiga karnay va surnay chaqirish joizmi, yoki do‘mbraning o‘zi bilan kifoyalanib qolgan afzalmi? Musiqa haqidagi fatvolarni o‘rganib chiqib, nikoh to‘yiga ashulachi-xonandalarni chaqirmagan ma’qul, degan xulosaga keldim. To‘g‘ri xulosaga keldimmi? Oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! - Muhaddis ulamolarimiz nikoh to‘yida ko‘ngil xushi qilish haqida alohida boblar keltirishgan.
NIKOH E’LONI VA UNDA KO‘NGILXUShI QILISh
Rubayyi’ binti Mu’avviz roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam to‘yim bo‘lgan kuni kelib to‘shagimga xuddi sen o‘tirganga o‘xshab o‘tirdilar. Shunda qizchalar childirma chalib, Badr kuni qatl bo‘lgan otalarim haqida xirgoyi qilishdi. Ulardan biri: «Ichimizda ertaga nima bo‘lishini biladigan Payg‘ambar bor», deb aytdi. Bas, u Zot: «Buni qo‘y, avval aytayotganingni ayt», dedilar».
Buxoriy, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Rubayyi’ roziyallohu anhoning otalari Mu’avviz, Avf va Muoz ismli ikki amakilari Badrda shahid bo‘lgan edilar. Rubayyi’ voyaga etib Iyaas ibn Bukayr al-Laysiyga turmushga chiqadi. To‘yga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham keladilar. Ichkariga kirib, Rubayyi’ roziyallohu anhoning to‘shaklariga o‘tiradilar. Shunda qizlar childirma chalib, Badrda shahid bo‘lganlar, xususan, Rubayyi’ roziyallohu anhoning otalari (ota va ikki amakilari) madhida aytilgan she’rni ohang bilan kuyga solib aytadilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham eshitib o‘tiradilar. Qizlar aytib borib, ichimizda ertaga nima bo‘lishini biladigan, g‘aybdan xabardor Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bor, degan ma’nodagi baytni ham aytadilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buni aytmanglar, oldin aytayotgan narsalaringni aytinglar, deb ko‘rsatma beradilar. Ushbu hadisda to‘yda ko‘ngilxushi qilish joiz ekani bayon qilinmoqda. Erkak kishi qizlar ohang bilan aytgan shijoat, odob-axloq, saxiylik kabi ma’nolarni o‘z ichiga olgan baytlarni eshitishi joiz ekanligi chiqmoqda. Albatta, bu narsa parda ortidan bo‘lsagina hamda fitna bo‘lishi xavfi bo‘lmasagina joiz, deganlar ulamolarimiz.
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«U kishi Ansoriylardan bir ayolni kuyovnikiga tushirib olib borgan ekanlar. Shunda Allohning Payg‘ambari sollallohu alayhi vasallam: «Ey Oisha, sizda ko‘ngilxushi bo‘ldimi? Chunki Ansoriylarga ko‘ngilxushi yoqadi», dedilar».
Buxoriy va Ahmad rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu ham to‘yda shariat chegarasidan chiqmay o‘yin-kulgi qilish joizligiga dalildir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ma’lum qavmlarning hatto o‘yin-kulgi, ko‘ngilxushini yaxshi ko‘rishlarigacha inobatga olib muomala qilganlari e’tiborga sazovordir. Ansoriylar, Madina ahli musulmonlari tabiatida o‘yin-kulgiga moyillik borligini, to‘ylarida ko‘ngilxushi bo‘lishi joizligini Oisha onamizga eslatishlari shuni ko‘rsatadi. Boshqa rivoyatlardan ma’lum bo‘lishicha, ushbu rivoyatdagi kelin Fori’a binti As’ad ismli etim qiz bo‘lgan. Oisha onamiz uni tarbiya qilib o‘stirganlar. U qiz balog‘atga etganida Nubayt ibn Jobir al-Ansoriyga kuyovga berilgan. Oisha onamiz roziyallohu anho Fori’a roziyallohu anhoni kuyovnikiga kelin tushirdi qilib olib borganlar. U kishi qaytib kelganlaridan keyin Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ushbu rivoyatdagi savolni berib, ko‘ngilxushi bo‘lgan-bo‘lmaganini so‘raganlar.
Boshqa rivoyatda: «Childirma chalib, qo‘shiq aytadigan qiz ham yubordinglarmi?» deganlar. Oisha onamiz: «U qiz nima deb aytadi, ey Allohning Rasuli?» deganlar. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam bizdagi yor-yorga o‘xshash baytlarni aytganlar. Ayol-qizlar o‘zlari erkaklarga aralashmasdan childirma chalib qo‘shiq aytsalar, o‘yin-kulgi qilsalar joiz.
Muhammad ibn Hotib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Nikohda harom bilan halolning orasining ajralishi, childirma va ovozdir», dedilar».
Nasaiy va Termiziy rivoyat qildilar.
Sharh: Ushbu rivoyatdagi halol va harom nikoh to‘g‘risidadir. Sir nikoh, harom nikohni birov bilmasin, deb ovoz chiqarmay, childirma chalmay, qo‘shiq aytmay jimjitlik bilan o‘tkazib yuboriladi. Halol nikohni esa iloji boricha ko‘proq ki-shiga e’lon qilish, bildirish matlubdir. Bu katta xursandchilik va sururga bois bo‘lgan narsadir. O‘sha halol qo‘shilishni e’lon qilish, ko‘pchilikka bildirish ila ko‘p odamlarni guvoh qilinadi, ularning ikkisi shar’iy ravishda eru xotin bo‘lganlarini hamma biladi va haqlariga duo qiladi.

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu nikohni e’lon qilingiz, uni masjidlarda o‘tkazingiz, uning uchun childirmalar chalingiz», dedilar».
Imom Ahmad va Imom Termiziy rivoyat qildilar.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nikohga oid uch narsaga amr qilmoqdalar. 1. Nikohni e’lon qilish. Bu zaruriy narsa, oldin aytib o‘tilganidek, e’lon orqali, ikki yoshning halol, pok ravishda, shar’iy oila qurib yashay boshlaganlarini ko‘pchilikka bildirib qo‘yish bo‘ladi. 2. Nikohni masjidlarda o‘tkazish. Bunda turli harom va makruh ishlardan chetlash oson bo‘ladi. Ya’ni, nikohni e’lon qilishning bir qismini masjidlarda o‘tkazish yaxshidir. 3. Childirma chalish. Bu ila xursandchilik izhor qilinadi. Nikohning e’loni ko‘proq tarqaydi.
Omir ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Qurazata ibn Ka’b va Abu Mas’ud al-Ansoriy roziyallohu anhumolarning oldilariga bir nikoh to‘yida kirdim. Qarasam, qizlar qo‘shiq aytmoqdalar. «Ikkovlaringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari bo‘lsangiz, Badr ahlilardan bo‘lsangiz, huzuringizda shundoq ish bo‘lib turishi nimasi?» dedim. «Xohlasang, bizlar bilan o‘tirib eshit. Xohlasang, jo‘na, ketaver. Batahqiq, bizga nikoh to‘yida ko‘ngilxushiga ruxsat berilgandir», dedilar ikkovlari».
Nasaiy va Hokim rivoyat qildilar va sahih, dedilar.
Sharh: Bu rivoyatda nikoh to‘ylarida ko‘ngilxushi qilish joiz ekani yana ham ochiqroq bayon qilinmoqda. Bo‘layotgan ko‘ngilxushiga Omir ibn Sa’d roziyallohu anhu tomonidan aytilayotgan ochiq-oydin e’tiroz va fazl ahli va Badr ahli egalaridan bo‘lgan sahobalarning rad javoblari g‘oyat ibratlidir. Badr ahli bo‘lish juda ham ulug‘ maqom. Bu maqomga erishgan kishilar hammaga o‘rnak bo‘lganlar. Shuning uchun ham Omir roziyallohu anhu ularning qizlar aytayotgan qo‘shiqni eshitib o‘tirishlarini nomunosib deb bilib, tanqid qilmoqchi, uyaltirmoqchi bo‘ladilar. Ammo natija tamoman aksincha bo‘lib chiqdi. Ikki ulug‘ sahobiy nikoh to‘yida ko‘ngilxushiga ruxsat berilganini aytib, Omir ibn Sa’d roziyallohu anhuning o‘zini uyaltirib qo‘yishdi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
27 Апрел 2022, 11:30 | Савол-жавоблар | 171 | Turli savollar