Og‘ir sinvlardan qo‘rqish

Hurmatli Allohning inoyati bilan qolaversa shu kungacha o‘qiganlarim va eshitganlarim natijasida, bizlarga etgan har bir yaxshilik va/yoki yomonlik Allohdan ekanligiga, bizlar Allohning quli va mulki ekanligimiz, bizlarni nima qilsa ham haqqi borligi, bizlar esa bunga sabr qilishimiz, taqdirimizdan norozi bo‘lmasligimiz, boriga shukur qilishimiz kerakligiga inshaalloh iymonim komil bo‘ldi. Allohning etkazganiga sabr qilishdan boshqa ilojimiz yo‘q, bizning qo‘limizdan hech narsa kelmaydi, shunday ekan noshukurlik qilib gunohga botgandan ko‘ra, sabr qilib ajr olgan yaxshiroq deb o‘ylayman. Barchasini sinov yoki qaysidir gunohimiz uchun deb qabul qilishimiz lozim. savolim shundaki, men bularga ishonar ekanman, qalbimda allaqanday qo‘rquv paydo bo‘lmoqda, u ham bo‘lsa Alloh mening iymonimni sinash uchun ham boshimga og‘ir sinovlarni solib qo‘yishi mumkinligi hayolimdan ketmayapti. Hayolimga musibatlarga uchrab qolishim mumkinligi haqida har xil o‘ylar kelmoqda va meni qo‘rquvga solmoqda. Bu yaxshimi yoki yomonmi? Bu mo‘’minga xosmi yoki yo‘mi? Shuni tushuntirib bering iltimos. Vaqtingizni olganim uchun rozi bo‘ling. Tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Buning aksini o‘ylang. Alloh taoloning rahmati hammam narsadan kengligini vujudingizga singdiring. Doimo U Zotdan ofiyat so‘rab yuring.

26 Май 2022, 23:34 | Савол-жавоблар | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar