taksichilik haqida

Sizga ikkita savol bilan murojaat qilmoqchi edim. Taksichilik qilayapman. Duo qiling Alloh hayrli qilsin. Bugun bir kishining o‘n ming so‘m puli moshinamda tushib qolibdi. Lekin u odamni kimligini ham aniq bilmayman. Eslaganimda ham topish qiyin. Shu pulni nima qilishim kerak. Ikkinchi savolim shuki, taksichilik qilib yurganimda namozimni qasr qilib o‘qiymanmi yoki to‘liq o‘qiyveramanmi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Pulning egasini topishdan umid uzilgan bo‘lsa, o‘ta kambag‘al odamga beriladi. Siz namozni to‘liq o‘qiysiz.

26 Май 2022, 23:36 | Савол-жавоблар | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar