Kitoblaringiz narxi nimaga qimmat?

Bir necha birodarlarimiz Sizning mo‘tabar kitoblaringiz sotilayotgan narxlari haqida e’tiroz bildiryaptilar. misol: surxondaryoda "Zikr ahlidan so‘rang"3- kitobi 25000 so‘m. buxoroda "Oltin silsila "kitobi 60000 so‘m va hokazo . Sizni kitoblaringizga ixlosmand muxlislaringiz, hamma tabaqa vakillari olib biladigan narxda arzon sotilsa juda yaxshi bo‘lardi. yoki biz ko‘proq kitob olmoqchi bo‘lsak , kimga murojaat qilishimiz kk. Masjid kutubxonasi va boshqalar un. xatolik bo‘lsa uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Men noinsoflarni insofga chaqraverib charchadim. Ularning o‘zlariga e’tiroz bildiringlar. Menga nima uchun e’tiroz bildirasizlar. Bizning rasmiy do‘konlarimizdagi narxni ko‘ringlar. Ko‘chadagi qalloblar bilan mening aloqam yo‘q. O‘sha qalloblar bizning do‘konlarga ham kelib, bunchalik orzon qilmanglar, deyishmoqda. Shunchalar ham sodda bo‘lasizlarmi? E’tirozni aybdorga qilmay menga qilasizlarmi? Alloh taolodan qo‘rqinglar! Menga to‘hmat qilmanglar! Bizning kitoblar o‘z do‘konlarimizda hatto boshqa sohalarning kitoblaridan ham orzonligini hamma biladi-ku!

26 Май 2022, 23:39 | Савол-жавоблар | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar