Qarzimni uzish maqsadida ribo bilan tijorat boshlash

Deyarlik 3 yil avval tijoratga qo‘l urdim, lek Allohni qalb bilan his etmaganim uchun xatolar qildim, harom aralashdi, ribo aralashdi. Natijada katta qarzdor bo‘ldim. Alloh najot berib, Xorijiy davlatga yo‘l oldim. Maqsadim qazlarimni uzish va hidoyat yo‘lida halovat bilan ibodat qilish bo‘lib qoldi. Mana 1. 5 yildirkim hech ham bu erlarda ishim yurishmadi, mana endi sezmoqdaman Alloh yo‘llarimni ochmoqda. Bu orada menga qarz berganlarham qarzlarini sekinlik bilan so‘ray boshloqda Oilamning qurbi mening qarzlarimni uzishga etmas. Bu ishlar menga saboq bo‘ldi, Iymonimni va etiqodimni kuchayishiga sabab bulmoqda. Nima qilayin maslahat bering, qarzlarim ni to‘lash uchun tijoratga qo‘l urmoqchiman. Lekin afsuski o‘z mablag‘im yo‘q. Bankdan kredit olib ish boshlay desam, ribo gunohining vazni ni bilaman. Olmayin desam, nima qilishga hayronman, qarzlarimni qachon uzaman bilmay qoldim, Shayh Hazratlari. Ustoz, qo‘rquvim kuchli. Tezroq menham qarzlarimdan qutilib, halovat bn ibodatli hayot kechirmoqchiman.  
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 - Riboga qarz olib bo‘lmaydi. Alloh taolodan astoydil yordam so‘rang. Oz bo‘lsa ham halol mablag‘ topib, o‘shani ko‘paytirishga harakat qiling.

26 Май 2022, 23:49 | Савол-жавоблар | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar