Qonun va Islom Dolzarb mavzu!

Savolim dinimiz ibodatlarining Davlatimiz chiqargan qonuniy tartiblarga zid kelish-kelmasligi haqida, jumladan: 1) bir mo‘min ikkinchi bir iymon keltirgan mo‘minni tartibga chaqirib, ibodatlarni to‘liqroq qilishga chorlasa, yoki shunga qo‘shimcha ravishda ibodatni qanday ado etish bo‘yicha maslahatlar bersa,  o‘rgatsa bu – missionerlik yoki shunga o‘xshagan qonunbuzarlik bo‘ladimi? 2) yaqin do‘stlar namozning savobini oshirish maqsadida jamoa bo‘lib o‘qisalarchi? 3) majlislarda (o‘tirish, ziyofat) dunyoviy mavzularda suhbatlashmay dini Islomni muhokama qilsalarchi? !  So‘nggi paytda shunaqa gaplar oralab qoldiki, yuqoridagi amallarni qilishga odam qo‘rqib qoldi. Chunki, shunga o‘xshash ishlarni qilganlarga tazyiqlar bo‘layotgan ekan. Savolim shuki: qanaqa qilganda, ham dinga, ham yurtimizda o‘rnatilgan tartiblarga mos keladi?   Savolga mos “kategoriya” topolmaganimdan shu kategoriyada bermoqdaman. Hurmatli Shayx hazratlari, javobingiz uchun oldindan tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 - Buni diniy qo‘mitadan so‘rang.

26 Май 2022, 23:50 | Савол-жавоблар | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar