Hozirgi nasoro va yahudiylarning so‘ygan go‘shtini iste’mol qilish mumkinmi?

Moida surasini 5 oyatidan habarim bor ahli kitoblarni so‘ygan jonliqlari halol magar Islomda harom kilingandan tashqari (MANOSIDA) . yani tovuq va mol goshtini nazarda tutayabman. Lekin bu erdagilar(rossiadagi musulmonlarninig ayrimlari) ichimga shubha soldi. Ahli kitoblar oldingi ahli kitob nazarda tutilgan, lekin hozirgilar o‘zlariga to‘g‘rilab kitoblarini o‘zgartirgan deyishayapti, bularni hozirgi ahli kitobning go‘shtlari bo‘maydi deyishdi. Ammo ular shayx emas! domla sizdan iltimos aniqlik kiritib bering esam bo‘laveradimi yoki yo‘qmi Rossiyada xabaringiz bor xrestian (katolog praslav)lar ko‘p yashaydi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 - Aslida Qur’oni Karim tushishidan oldin ular dinlarini buzib bo‘lishgan. O‘sha holda ularning so‘yishlarini eyishga ruxsat berilgan. Ammo buzilgan bo‘lsa ham o‘z dinlarining qoidasi asosida so‘yishni shart qilingan. Hozirgi xristyanlar so‘yish bo‘yicha o‘z dinlarining ta’limotiga amal qilmaydilar. Shuning uchun ularning so‘yishlarini eb bo‘lmaydi. Buning ustiga Rossiyada 20 million musulmon bor. O‘shalarning so‘yishidan eyish kerak.

26 Май 2022, 23:50 | Савол-жавоблар | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar