O’qilmagan namozlarimni qanday o‘qiyman?
Yoshim 21da. Namoz o‘qishni boshlaganimga ko‘p bo‘lmadi. Shuncha payt o‘qimagan namozlarimni qanday o‘qiyman?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Avval vaqtli namozlarni o‘qishni yaxshilab yo‘lga qo‘yib olgandan keyin qazo namozlarni ham o‘qishga o‘tiladi. Qazo xuddi adodek bo‘ladi. Safarda qazo qilgan bo‘lsa, qazosini hazarda o‘qisa ham ikki rakat o‘qiydi. Hazarda qazo qilgan to‘rt rakatli namozning qazosini safarda o‘qisa to‘rt rakat o‘qiydi. Qiroatni oshkora yoki maxfiy qilish ham shunga o‘xshash. Qazoni darhol o‘tash kerak. Tirikchilik va hojat uchun uzr qabul. Qazoni jamoat bo‘lib o‘qish mumkin. Bomdodning sunnatidan boshqa sunnatlar qazo qilinmaydi. Besh farz va vitr orasida ularning hammasi yoki ba’zisi o‘tib ketganda tartibga rioya qilish farzdir. Chunki Xandaq kuni rasululloh sollallohu alayhi vasallam shundoq qilganlar. Illo vaqt tor bo‘lib qolsa yoki unutsa yohud oltitadan ziyoda bo‘lsa bundan mustasno. Tartibga rioya qilish uch sabab ila soqit bo‘ladi; 1. Vaqtli namozning o‘tib ketish xavfi. 2. Qazolarning oltidan ko‘p bo‘lishi. 3. Ado paytda qazoni unutib qo‘yish. Agar qazo namozlar adadini bilib bo‘lmaydigan darajada ko‘p bo‘lib ketsa, zimmasidagini ado qilganiga ko‘ngli to‘lguncha qazoni o‘qiydi. O‘ziga oson bo‘lishi uchun avvalgi o‘qimagan namozini va oxirgi o‘qimagan namozini tayin qilib olib o‘shanga qarab o‘qiyveradi. Boshqa namozlar qatori quyosh chiqayotganda, qiyomda turganda va botayotganda qazo namozni o‘qib bo‘lmaydi. Ammo bomdod va asrdan keyin nafl o‘qish mumkin bo‘lmasa ham, qazo o‘qisa bo‘ladi. <em>Vallohu a’lam. em>
27 Май 2022, 00:00 | Савол-жавоблар | 167 | Ibodatlar