Namozni to‘liq ado etish
Assalomu alaykum hurmatli Shayx. Allohdan yashira olmaymiz, bandasidan yashirib nima qilamiz. Shuning uchun to‘g‘risini aytaman. Men namoz o‘qishlik farziga amal qilmayapman, lekin hohlayman. Allohim buni ko‘nglimga solayotganini his qilyapman. Chunki Allohdan bu narsalarni, ezgo‘likni, namozni va holislik sari yo‘l ko‘rsatishini so‘ragandim, keyin bularni Alloh mening qalbimga solganini sezyapman. Tushlarimda ham oxiratga taalluqli voqealarni, qiyomatni va unda Alloh saqlasin benamoz bo‘lib qolgan odamlarni, bular ichida o‘zimni ham ko‘rdim. Har xil hayqiriqlar kelardi. Hamma daxshatdan qotgan edi. Bu dunyodagi hayot tugashiga soatcha vaqt qolgandi nazarimizda va mana shu kuni erdagi hayot tugaguncha (ozgina vaqt qolgandi) savob qilib, namoz o‘qib taqvodor bo‘lishlikga harakat qilib qolgandik va men ham kunlarim benamoz, savobsiz o‘tganlikdan pushaymon, qattiq aziyatda, umidsiz edim. Lekin kech edi. Xuddi o‘ngimda bo‘layotgandek bo‘lgandi. Uyg‘onib ketgach Allohimga shukrlar aytdim. Aynan Allohdan holislik sari yo‘l ko‘rsatishini niyat qilgan kunlarimning birida ushbu tushni ertalabda ko‘rdim. Bu bir belgi axir, Allohning ko‘rsatgan yo‘li emasmi?! O‘sha kunga ham shukrlar aytaman. Hazrat Allohimning bu tuhfasidan foydalanib vaqtida mana shu yaxshi yo‘lga kirib ketishim kerak, buning uchun menga maslahatlaringizdan bersangiz iltimos. Besh mahal namozni to‘kis ato etolmaslik sharoitida nima qilishlik kerak. Men hozir Rossiyadaman va ishim ertalab 09:00 dan kechki payt 20:00 gacha, bu vaqt oralig‘ida namoz o‘qishga imkon bo‘lmasligi mumkin. Chunki ishda hamma joyim ifloslanadi va yana shunga o‘xshash sabablar. Kechirimli va Rahimli Allohning buyrug‘i bilan menga besh mahal ichidagi qaysi mahallarda bunday sharoitda necha mahal iloji boricha namoz o‘qish kerakligini ayting, iltimos. Albatta Robbimiz Alloh kechirimlidir.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz bahona axtarmay, namoz o‘qishni boshlang. Qirq kun namozni to‘liq o‘qisangiz, keyin namoz o‘qimasangiz tura olmaydigan bo‘lib qolasiz, inshaalloh.
27 Май 2022, 00:07 | Савол-жавоблар | 162 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz bahona axtarmay, namoz o‘qishni boshlang. Qirq kun namozni to‘liq o‘qisangiz, keyin namoz o‘qimasangiz tura olmaydigan bo‘lib qolasiz, inshaalloh.
27 Май 2022, 00:07 | Савол-жавоблар | 162 | Namoz