Allohdan boshqasidan qo‘rqmoq

Assalomu alaykum Muxtaram shayx xazratlari. bir aqidaviy mas’alaga aniqlik kiritib berishingizni so‘rab savol yo‘llamoqdamiz.Shayx Yusuf Qorzoviy o‘zining “Iymon va xayot” kitobi 238-chi saxifasida shunday yozadi:“Kim agar Allohdan boshqasida qo‘rqsa bas u mushrikdir va Allohdan boshqasini xavf va toatga ahl (deb xisob) qilguvchidir. Bu (etiqod) tavxid bilan birlashmas.” so‘zma-so‘z tarjima qilindi.Bu iboralarida Shayx Qorzoviy xavfni umumiy keltirgan. Qaydlagan emas.Muxtaram ustoz men bundan bir necha yil muqaddam “Tafsiri hilol”da xam xuddi shu mazmundagi iboraga ko‘zim tushgandi. Adashmasam oxirgi beshlik juzlarda edi. Ming afsuski xozir aniq manzili yodimda emas.Savol shuki. Allohdan boshqasidan qo‘rqmoq umuman shirk xisoblanadimi? Yoki buni tafsili bormi?Agar xavf umuiy shirk bo‘lsa bu etiqod Ahli sunnat val-jamo’at aqidaviy mazhabidan xisoblanadimi?Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu mavzudagi qo‘rqish savob va gunoh, oxirat hisob kitobi kabi narsalarda bo‘ladi. Dunyo ishlari uchun, shaxsiy ma’nolardagi oddiy gaplar emas. Misol uchun biror narsani o‘g‘ri olib ketmasin deya tashvishlanishga o‘xshash.

27 Май 2022, 00:46 | Савол-жавоблар | 193 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar