O‘g‘rilik xaqida
Assalomu alaykum Uztoz!Sizga meni qattiq qiynagan savolni bersam, bu savolimni hechkimdan so‘rayolmayotgan edim, qattiq malomatga qolishdan qo‘rqdim. Alloh kechirsin. Man bundan bir necha yillar avval birqancha o‘g‘riliklar qilgan edim. Ularni sizga aytsam, gunohim darajasi xaqida aniq ma‘lumotga ega bo‘lishingiz uchun. Bolaligimda akamning yig‘ib kevotgan tangalaridan yashirincha olib o‘rtog‘im bilan o‘yin o‘ynashga borar edim. Bu xaqda akam bilib qolganlar, lekin mani jazolamaganlar. Vaqt o‘tgan sayin qiziqqonlik sababli o‘rtoqlarim bilan magazinlardan oddiy narsalar o‘g‘irlar edim. So‘ngra, 16 yoshimdan keyin Oyimning yashirib qo‘ygan joylaridan bir necha marotaba kattaroq miqdorda pul oldim, sababi o‘zim ishlab topgan pullarim kam miqdorda, bir pasda tugab qolar, kiyim va boshqa kerakli narsa olishimga etmasdi, uyimdiladan pul so‘rasam berishmasdi, pul juda kerak bo‘lib ketganidagina oyim yashirgan joydan olardim holos. (Alloh kechirsin usha paytlari noshukur bo‘lganimni endi tushundim, Tavba qildim). Lekin oyimdan olgan pullarni hechqachon yomonlik yo‘lida ishlatmadim, juda kerak bo‘lganligi uchun ishlatdim, to‘g‘ri yo‘lda ishlatdim doim.Alhamdulilloh, xidoyat topib xatolarimni tushunib etdim. 2 yildan buyon shu olganlarimning hammasini qaytarishga xarakat qilaman, xatto kimlardan olganim xaqidagi ro‘yxatni ham tuzgan edim, ammo ishlarim unchalik yaxshi yurushmayapti, o‘sha ro‘yxatdagi pul miqdorini ishlab topolmayapman. Lekin kotta bo‘lmagan pullarni egalariga aybimni etib qaytarib berdim. InshaAlloh qoganlarini ham qaytarishim uchun imkon berilsa. Ammo o‘ylab qolaman, o‘g‘rilik qilgan odamni doim ishlari yurishmidi diyilgan, balki man o‘g‘rilik qilganim uchun ham hozirda ishlarim yurishmayapkandir, lekin man ishlab o‘sha pullarni egalariga qaytarishni niyat qildim, InshaAlloh hammasini qaytaraman. Balki, hozirda ishlarim yurishmayapkani sabab o‘sha olgan pullarimni qaytarmayapkanim sababdir? Lekin doim niyatim ishlab topib hammasini qaytarishku? Hammasini qaytarganimdan keyin hayotim yaxshilanar balki, Uztoz? Hozir ishlarim unchalik yaxshi yurishmayapti ammo tinmay Hudodan so‘riman va sabr qilaman, yoshim 22da kunlik sarf xarajatlarim chiqadi, qarzlarimni miqdorini yig‘olmiman, topgan pulimni ishlatib qo‘yaman. Ammo qarzlarimni yig‘ishim uchun o‘rtacha 200ming sum oylik bilan hisoblaganimda, bir yildan ortiq ishlab qutulishim mumkin.Sizga savollarim shuki, Uztoz1). Hozirda ishlarim yurishmayapkani sababi yoshligimdagi o‘g‘rilik bo‘lishi mumkinmi (ammo doim niyatimda ishlab qarzlarimni qaytaraman dib kelamanku doim)?1). Qarzlarimni akamdan olib to‘lab va ularni keyinchalik akamga qaytarib berishim mumkinmi?2). Yoki hamma xarajatlarimdan kechib avval qarzlarimni hammasini yig‘ib to‘limi?3). Qarzlarimni hozir to‘lamasdan pulim ozgina ko‘paygan vaqt hammasini baravariga to‘lasam ham bo‘ladimi?4). Oyimdan olgan pullarni qaytarayotgan vaqtimda "o‘zingiz uchun ishlating" deb bersam bo‘ladimi, chunki o‘g‘irlaganimni etishdan juda qo‘rqaman, qattiq uyalaman.5). Magazinlardan va boshqalardan olgan narsalarim miqdoridagi pulni egalariga etmasdan Masjidga exson yoki biron kimga sadaqa qilsam bo‘ladimi?Odilona javoblaringiz uchun mingdan ming raxmat Uztoz! Alloh sizni yo‘lingizni oson qisin, Omin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Mumkin.2. Yashash uchun zarur xarajatlardan boshqasiga ishlatmay qarzlarni to‘lang.3. Bo‘ladi.4. Ochig‘ini aytganingiz yaxshi.5. Egasi yoki uning merosxo‘ri bo‘lsa, boshqaga berib bo‘lmaydi.
27 Май 2022, 00:57 | Савол-жавоблар | 150 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Mumkin.2. Yashash uchun zarur xarajatlardan boshqasiga ishlatmay qarzlarni to‘lang.3. Bo‘ladi.4. Ochig‘ini aytganingiz yaxshi.5. Egasi yoki uning merosxo‘ri bo‘lsa, boshqaga berib bo‘lmaydi.
27 Май 2022, 00:57 | Савол-жавоблар | 150 | Halol va harom